Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda kuchli yomg‘ir 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Xitoyda kuchli yomg‘ir 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Pekindagi kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, rasmiylar esa 80 mingdan ortiq aholini evakuasiya qildi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Unga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 28 nafari shahar shimolidagi Miyun tumani aholisidir. Yomg‘irdan jabr ko‘rgan hududda avtomobil yo‘llari va elektr uzatish liniyalari shikastlangan.

Pekinda so‘nggi bir necha kun ichida tushgan yog‘ingarchilikning o‘rtacha miqdori taxminan 166 mm. Shaharning ayrim hududlarida bu ko‘rsatkich 544 mm ga yetadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin insonlar qurbon bo‘lishining oldini olish uchun maksimal kuch sarflashni buyurgan edi.

Kiritildi: 10:15 29.07.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!