Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 30 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.
Bu haqda Xinhua agentligi xabar bermoqda.
Hodisa Ibin tumanidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan. Ko‘chki 10 ta uyni vayron qilgan.
Qayd etilishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin qurbonlar oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.