Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoyda Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tyapti

A A A
Xitoyda Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tyapti

Xitoyning Sian provinsiyasi ma’muriy markazida an’anaviy Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Xitoyda 2005 yilda asos solingan Yevroosiyo iqtisodiy forumi Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi. Forum 2007 yildan buyon har ikki yilda bir o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda tashkilot safi Yevropa va boshqa qit’alardagi mamlakatlar hisobiga kengayib bormoqda. Forumdan ko‘zlangan maqsad – milliy va xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, rivojlanishning yagona va umumiy tamoyillarini yaratishdagi intilishlarni birlashtirishdan iborat.

Ettinchi bor o‘tkazilayotgan forumda SHHTga a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik mamlakatlardan tashqari 50 dan ziyod davlat, xalqaro tashkilot va moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum ochilishida XXR Davlat kengashi Bosh vazir o‘rinbosari Xu Chjunxua, SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov va boshqalar so‘zga chiqdi.

Ta’kidlanganidek, forum doirasidagi muloqot o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi mexanizmini yaratish, savdo, transport, energetika, turizm kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni samarali ro‘yobga chiqarish imkonini bermoqda. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, “yashil iqtisodiyot” tarmoqlarini keng joriy etish, davlat va jamiyat boshqaruvini raqamlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutmoqda. 

Tadbir ikkita sessiya majlislarida davom etdi. Unda sayyohlik sohasida hamkorlik, xalqaro iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Forumda O‘zbekistondan Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, shuningdek, Buxoro, Samarqand viloyatlari, Xiva  shahri hokimliklari, “Ashina Group” kompaniyasi vakillari qatnashmoqda. Forum sessiya majlislarida turizm bo‘yicha muloqotlar tashkil etildi, tog‘-kon sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 21:15 11.09.2019. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!