Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoyda enaga, kuryer va uy xizmatchisi vazifasini bajaruvchi universal robot taqdim etildi

Xitoyda enaga, kuryer va uy xizmatchisi vazifasini bajaruvchi universal robot taqdim etildi

Xitoylik muhandislar xizmatchi robot yaratishdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, u uy-ro‘zg‘or ishlarining ko‘p qismini, jumladan, ovqat tayyorlash, kiyimlarni taxlash va hatto bolalarni tarbiyalashda yordam bera oladi.

KAY deb nomlangan gumanoid robotning yaratuvchisi Xitoyning Kinetix AI kompaniyasi hisoblanadi. Ularning veb-saytida aytilishicha, ishlanma ustida "jahon darajasidagi" sun’iy intellekt mutaxassislari ishlagan.

Robotning bo‘yi 173 sm, og‘irligi esa 70 kg. Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, gumanoid vaziyatni mustaqil ravishda baholash va qarorlar qabul qilish, shuningdek, odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega.

Robot kiyim taxlaydi, buyurtma yetkazadi, asbob ishlatadi va bolalarga qaraydi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!