2030 yilga borib Xitoyda 100 mingga yaqin elektron uchar transport vositalaridan (eVTOL) oilaviy transport yoki havo taksisi sifatida foydalaniladi. Bunday tahmin Xitoy iqtisodiy tadqiqotlar alyansi hisobotida aytiladi.
Ushbu hujjatda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin 2-3 yil ichida Xitoyning yirik shaharlarida eVTOL avtomobil tarmog‘i va unga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurish yakunlanadi.
Aytailishicha, Xitoyning janubidagi Guanchjou shahrida uchar avtomobillar zavodi qurilmoqda.
Zavod “Erdagi aviatashuvchi” modeli uchun modullar ishlab chiqarmoqchi. Zavod yiliga 10 mingtagacha avtomobil ishlab chiqaradi.
Uchar modelning oldindan sotuvi 2024 yil oxirida boshlanadi.