Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy yashirin ravishda yadroviy qurolni sinab ko‘rgan va yangi avlod tizimlarini yaratmoqda

Xitoy yashirin ravishda yadroviy qurolni sinab ko‘rgan va yangi avlod tizimlarini yaratmoqda

Xitoy yashirin ravishda yadroviy qurolni sinab ko‘rgan va yangi avlod tizimlarini yaratmoqda — CNN.

Telekanalning manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh razvedka xizmatlari Xitoy yangi avlod yadroviy qurolini ishlab chiqqan va 2020 yilda yashirin sinovlarni o‘tkazgan, deb hisoblamoqda.

Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, sinov 2020 yil iyun oyida Xitoyning shimoliy–g‘arbidagi Lob-Nor poligonida o‘tkazilgan. Mazkur sinovlar Pekinning 1996 yildan beri amal qilayotgan yadroviy sinovlar bo‘yicha ixtiyoriy moratoriysiga qaramasdan amalga oshirilgan.

AQSh davlat kotibining Qurollarni nazorat qilish bo‘yicha o‘rinbosari sinov portlashining natijasida yuzaga kelgan yer silkinishi taxminan 2,75 magnitudaga yetganini va uning zilzila yoki tog‘-kon ishlari bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.

CNN manbalari fikricha, aniqlangan harakatlar bir raketada bir nechta kichik yadro kallaklarini tashiy oladigan tizimlarni yaratish, shuningdek, kam quvvatli taktik yadroviy qurollar ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 19:19. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!