AQSh agar Yevropa Ittifoqi Amerika kompaniyalarining Yevropa qurol bozoriga kirishini cheklasa, javob choralarini ko‘rish bilan tahdid qildi. Bu haqda "Politico" nashri o‘z ixtiyoridagi hujjatga tayanib yozmoqda.
"Agar Yevropa Ittifoqi qit’ani qayta qurollantirish doirasida mahalliy qurol ishlab chiqaruvchilarga ustunlik bersa, AQSh ma’muriyati Yevropa mamlakatlariga nisbatan javob choralari bilan tahdid qilmoqda", — deyiladi nashr maqolasida.
AQSh Amerika ishlab chiqaruvchilarining Yevropa Ittifoqi davlatlari milliy mudofaa xaridlarida ishtirok etish imkoniyatini cheklovchi har qanday o‘zgarishlarga qarshi chiqdi.