Xitoyda jahon antifashistik urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan rejissyor Chjao Linshanning imperialistik Yaponiyaning biologik laboratoriyalari haqidagi "731" tarixiy filmi namoyish etiladi.
Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.
Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, film 18 sentyabrda - 1931 yilda Yaponiyaning Shimoliy-Sharqiy Xitoyni bosib olishi boshlangan sanada (Mukden voqeasi) namoyish etiladi. Film o‘tgan asrning birinchi yarmida Yaponiyaning 731-sonli bo‘linmasi tomonidan biologik qurol yaratish maqsadida odamlar ustida o‘tkazilgan tajribalar haqidagi faktlarga asoslangan.
Qayd etilganidek, bu film tinchlikni himoya qilish zarurligini eslatib turadi. Unda yapon bosqinchi armiyasining vahshiyliklari, Xitoy xalqining fashizmga qarshi kurashdagi irodasi ko‘rsatilgan.