AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy va Rossiya Eronga ko‘maklashayotganiga umuman ishonmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva va Pekin Tehronni qo‘llab-quvvatlasa, juda ko‘p narsani yo‘qotadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tramp Truth Social tarmog‘ida Xitoy va Rossiyaning Eronga yordam berayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.
“Agar ular yordam berayotgan bo‘lsa ham, bu ko‘mak juda past darajada. Lekin men bunga umuman ishonmayman. Ularning yo‘qotadigan narsasi ko‘p. Agar shunday bo‘lganida, biz bu haqda tezda bilib olardik”, deb yozdi Tramp.
AQSh prezidenti iyul oyida ham Xitoy va Rossiya Eronga qarshi urushda Tehronga yordam bermasligiga ishonishini aytgandi. Biroq ular vaziyatga aralashsa, bu ikki mamlakat uchun “juda yomon bo‘lishi”dan ogohlantirgandi.
Tramp ilgari Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Eronga qarshi urushda neytral pozisiyada deb ta’riflagandi.
Moskva va Pekin Tehron bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. Rossiya Erondagi urush Yaqin Sharqda yadroviy qurollanish poygasiga olib kelishi mumkinligini bildirdi. Pekin esa Vashingtonning Tehronga hujumlarini Eron suverenitetining qo‘pol ravishda buzilishi deb qoraladi.