Hozirda Qo‘shma Shtatlar Xitoyning ASEAN va Yevroittifoqdan keyingi uchinchi yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda.
Chin mamlakati bojxona idorasining ma’lum qilishicha, 2023 yilda Xitoyning AQShga eksport hajmi yillik ko‘rsatkichda 13,1 foizga kamayib, 500,29 milliard dollarni tashkil etgan. AQSh esa ushbu vaqt davomida Xitoyga 164,16 milliard dollarlik tovar sotgan. Bu avvalgi yil bilan solishtirganda 6,8 foizga oz.
2022 yil yakunlari bo‘yicha Xitoy va AQSh o‘rtasida tovar ayrboshlash hajmi 0,6 foizga o‘sib, 759,427 milliard dollarni tashkil etgan edi.