Xitoy rahbari Si Szin Pin 7 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yangi koronavirusning tarqalishi bo‘yicha muloqot o‘tkazdi, deya xabar beradi AQSh davlat OAV.
Si telefon orqali Trampga, Xitoy ushbu epidemiyani yengishga ishonchi komilligini va uni bartaraf etishga qodirligini ta’kidlab, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli rejalari virus sabab o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.
Si virus bilan kurashni «xalq urushi» deb atadi hamda Trampga Xitoy hukumati virusni oldini olish va uni nazorat qilish bo‘yicha qat’iy ishlar qilinishi bilan bir qatorda mamlakatda umummilliy safarbarlik, keng qamrovli tayyorgarlik va tezkor choralarni amalga oshirganini aytdi.
O‘tgan yil oxirida Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirus hozirgi kungacha 636 ta kishining o‘limiga sabab bo‘lgan va kamida 31 000 nafar kishi uni yuqtirib olgan.
Ushbu inqiroz tufayli Xitoy bo‘ylab mahalliy hokimiyatlar o‘n millionlab odamlar yashaydigan shaharlarini yopib qo‘ygan. Virus Xitoydan tashqarida yigirmadan oshiq davlatga tarqalib, kamida 240 kishida aniqlangan.
AQSh so‘nggi ikki hafta ichida Xitoyga borgan chet elliklarning o‘z hududiga kirishini vaqtincha ta’qiqladi. Bundan tashqari yana bir qator mamlakatlar, jumladan Italiya,Singapur va Mo‘g‘uliston Xitoydan kelgan sayohatchilarga katta cheklovlar e’lon qilgan. Shunigdek, AQSH, Yaponiya, Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlar ham o‘z fuqarolariga Xitoyga sayohat qilmasliklarini maslahat berishgan.
Manba: tarjumon. uz