Xitoy va AQSh qurolli kuchlari yaqin vaqt ichida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va inqirozli vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldi.
Tomonlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida bedarak yo‘qolgan amerikalik harbiy xizmatchilarning Xitoydagi jasad qoldiqlarini qidirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirish niyatida.