Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy O‘zbekistonga Qozog‘istonni aylanib o‘tadigan transport yo‘lagi ochdi

Xitoy O‘zbekistonga Qozog‘istonni aylanib o‘tadigan transport yo‘lagi ochdi

Xitoy ochgan yangi transport yo‘lagida yuklarni Qozog‘istonni aylanib o‘tgan holda O‘zbekistonga yetkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. The Global Times nashrining xabar berishicha, ilk yuk poyezdi 5 iyun kuni Gansu provinsiyasining Lanchjou shahridan Toshkent sari yo‘lga tushgan. 

Yo‘nalish Qirg‘iziston hududi orqali o‘tadi. Poyezd Qashqargacha boradi va u yerdan yuklar avtomobilda Qirg‘izistonning Irkeshtom shahriga, u yerdan esa O‘shga olib boriladi. O‘shda yana poyezdga ortilgan yuklar Toshkentga yetkaziladi.   

Lanchjoudan yo‘lga chiqqan ilk poyezdda umumiy qiymati 2,6 million dollarga teng elektr jihozlari bor.  Xitoyga esa O‘zbekistondan qariyb 1 million dollarlik – 525 tonna ip gazlama jo‘natiladi. 

Yangi transport yo‘lagining uzunligi 4320 kilometrga teng, yuk tashish uchun 7-10 kun kerak bo‘ladi. Yangi yo‘lak Qozog‘iston hududi (Xorgos) orqali o‘tgan yo‘nalishdan 300 kilometr qisqaroq

Kiritildi: 09:40 06.06.2020. O'qildi: 5482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!