NASA administratori Jared Ayzekman CBS telekanaliga bergan intervyusida voqealarning bunday rivojini istisno etmadi.
"Xitoyliklar o‘z taykonavtlarini Oyga qo‘ndiradi. Bunda hech qanday shubha yo‘q. Savol shundaki, Qo‘shma Shtatlar ulardan oldin qayta oladimi va baza qurib, barqaror mavjudlikni o‘rnatayotganimizda bu safar ishni boshqacha qilamizmi", — dedi u.
U AQSh hozirda Xitoy bilan koinot poygasida ekanini va "xitoyliklar misli ko‘rilmagan tezlikda harakat qilayotganini" ta’kidladi. Shu bilan birga, uning fikricha, NASA astronavtlari baribir Xitoy kosmonavtlaridan oldin yana Oyga qadam qo‘yishga muvaffaq bo‘lishadi.