Agentlik manbalariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Jinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Xitoy kompaniyalari Qo‘shma Shtatlarga sarmoya kiritishi uchun tegishli sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidlagan.
"Bu shartlar orasida Xitoy kompaniyalarining AQShda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bitimlariga nisbatan milliy xavfsizlik sohasidagi cheklovlarni bekor qilish ham bor", — dedi Bloomberg agentligiga ushbu takliflar bilan tanish bo‘lgan manbalar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamni joriy yil boshida Xitoy vakillari 1 trillion dollarga baholagan keng ko‘lamli investisiyalar paketiga kiritish taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, Pekin Qo‘shma Shtatlardagi Xitoy korxonalari o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan mahsulotlar importiga bojlarni kamaytirishni talab qilmoqda.