Tojikiston va Xitoy umumiy uzunligi 171 km bo‘lgan temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Xitoy respublika shimolida quyosh elektr stansiyasini qurishni va’da qilmoqda.
Bu yo‘llar bo‘ylab temir yo‘l qurilishi Tojikiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Transport va kommunikasiyalar Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi va bu borada bir qator muhim loyihalar amalga oshirilgan.
❕ Bundan tashqari, Xitoyning China Datang korporasiyasi Tojikistonning So‘g‘d viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.