Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi milliy xavfsizlik va manfaatlarni himoya qilish maqsadida sakkizta Tayvan tashkilotini eksport nazorati ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda boshqarma bayonotida aytilgan. Ro‘yxatga Aerospace Industrial Development, GEOSAT Aerospace & Technology, National Chung-Shan Institute of Science & Technology, JC Technology, CSBC Corporation, Jong Shyn Shipbuilding, Lungteh Shipbuilding va Gong Wei kompaniyalari kiradi. Vazirlik ro‘yxatdagi tashkilotlarga ikki maqsadli tovarlarni olib chiqishni taqiqlaydi. Yetkazib berish darhol to‘xtatilishi kerak.