Nashrning Tayvan va AQSh rasmiylari hamda mutaxassislariga tayanib yozishicha, Xitoy Tayvanga havo hujumi va jangovar operasiyalar orqali kutilmagan zarba berish qobiliyatini oshirgan.
"XXR Harbiy-havo kuchlari va raketa bo‘linmalari shunchalik takomillashganki, ular istalgan paytda tinchlik holatidan harbiy harakatlarga o‘tishga qodir", — Tayvanning yuqori lavozimli harbiylaridan biri FT'ga bergan intervyusida.
Tayvan mudofaa tuzilmalarining boshqa vakillari esa Xitoy raketa tizimlari orolning istalgan nuqtasidagi nishonlarga zarba berishga qodirligini bildirishgan.
Pentagonning ismi oshkor etilmagan rasmiysi Financial Times'ga bergan ma’lumotga ko‘ra, XXR harbiy-dengiz kuchlari va sohil qo‘riqlash xizmatining 10 ga yaqin kemasi doimiy asosda Tayvan atrofida joylashtirilgan. Bu esa Xitoy kemalari orolni bir necha soat ichida qamal qilishga qodirligini anglatadi.