Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy Tayvan yaqinidagi atom elektr stansiyasida xavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Xitoy Tayvan yaqinidagi atom elektr stansiyasida xavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Xitoy hukumati sharqiy Fuszyan provinsiyasida, Tayvan oroli yaqinida joylashgan Fusin atom elektr stansiyasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida "Bo‘ron-2025" deb nomlangan keng qamrovli mashg‘ulot o‘tkazdi.

Bu haqda Xitoy milliy yadro korporasiyasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbir davomida ushbu ob’ektga hujum sodir etilgan taqdirda javob ssenariysi ishlab chiqilgan.

Ushbu mashqlar muntazam va har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Oltinchi bor o‘tkazilayotgan tadbir Atom energiyasi bo‘yicha davlat boshqarmasi va Jamoat xavfsizligi vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi Xitoy raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan yadroviy xavfsizlik konsepsiyasini hisobga olgan holda "inqirozga qarshi kurashish ko‘nikmalarini kuchaytirish"dir. Asosiy vazifalar qatoriga tashqi hujumga javoban tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek, u olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish kiradi.

Kiritildi: 12:11 13.04.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!