Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotiga javob berdi. Vazirlik vakili Mao Ninning ta’kidlashicha, Vashington dunyodagi eng yirik yadroviy arsenalga ega davlat sifatida uni sezilarli darajada qisqartirishga majbur.
“AQSh yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha o‘zining maxsus va ustuvor majburiyatlariga sodiq bo‘lishi, shu orqali to‘liq va har tomonlama qurolsizlanish uchun zarur sharoit yaratishi kerak”, — dedi diplomat.
Mao Ninga ko‘ra, AQShning bu yo‘nalishdagi harakatlari global xavfsizlik va barqarorlikka katta ta’sir ko‘rsatadi.
🔹 Savol tug‘iladi: Vashington haqiqatdan ham yadroviy qurollarini qisqartirishga tayyormi yoki bu faqat siyosiy bayonotmi?