Xitoy Isroilning G‘azo sektoridagi BMTga qarashli maktabga bergan zarbalarini qoraladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.
“Xitoy BMT tomonidan boshqariladigan Jabaliya qochqinlar lageridagi maktabga qilingan hujumlardan qattiq hayratda va qayg‘uda”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tinch aholi va bolalarga qaratilgan zo‘ravonlik va hujumlarni qoraladi.