Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy tashabbusni qo‘lga olmoqda

Xitoy tashabbusni qo‘lga olmoqda

Xitoy "global barqarorlashtiruvchi omil va dunyoni o‘zgartirishda konstruktiv kuch" bo‘lib qolishini juma kuni Germaniyada XXR tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi ham bo‘lgan Van I bu bayonotni Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi doirasidagi "Dunyo miqyosida Xitoy" sessiyasida so‘zlagan nutqida bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, ko‘p qutbli dunyo - bu "tarixiy zarurat va shakllanayotgan yangi voqelik". Van I yana shuni qo‘shimcha qildiki, "teng huquqli va tartibli ko‘p qutbli dunyoni ilgari surish XXR raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim taklif bo‘lib, u Xitoyning ko‘p qutbli dunyoga bo‘lgan samimiy intilishini aks ettiradi".

"Xitoy xalqaro huquqning obro‘sini saqlashga, o‘zining xalqaro majburiyatlarini faol bajarishga sodiq bo‘lib, hech qachon tanlovli yondashuvga murojaat qilmaydi. Shu tarzda Xitoy bugungi noaniq dunyoda maksimal ishonchni ta’minlaydi."

Kiritildi: 21:12 16.02.2025. O'qildi: 3777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!