Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Xitoy sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘ya oladigan mikroto‘lqinli qurol ishlab chiqdi

Xitoy sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘ya oladigan mikroto‘lqinli qurol ishlab chiqdi

Xitoylik olimlar bir daqiqa davomida impulslar hosil qila oladigan dunyodagi birinchi 20 gigavattli mikroto‘lqinli qurolni yaratdilar.

Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu ixcham yer usti tizimi Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ham o‘z ichiga olgan holda, Yerning past orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshlarning ishlashini buzishga yoki ularga zarar yetkazishga qodir.

TPG1000Cs deb nomlangan qurilma Shensi provinuiyasining Sian shahridagi Shimoli-g‘arbiy Yadro Texnologiyalari Institutida ishlab chiqilgan. Ushbu qurilmaning uzunligi to‘rt metr va og‘irligi besh tonnani tashkil etadi, bu uni yuk mashinalari, harbiy kemalar, samolyotlar va hatto sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatish imkonini beradi. Gazeta ta’kidlashicha, ilgari shunga o‘xshash tizimlar uch soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida uzluksiz ishlashi mumkin edi va ancha noqulayroq edi.

TPG1000Cs bitta sessiyada 3000 tagacha yuqori energiyali impulslarni hosil qilishga qodir - bu hozirda butun dunyoda mavjud bo‘lgan shunga o‘xshash tizimlardan ancha ustundir. Agar Xitoy oxir-oqibat TPG1000Csni kosmosga joylashtirsa, "uning yashirin zarbalari yanada halokatli bo‘lib, uni aniqlash qiyinlashadi", deb ta’kidlaydi nashr.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!