Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Rossiyaga urush uchun SI texnologiyalarini yetkazib bermoqda

Xitoy Rossiyaga urush uchun SI texnologiyalarini yetkazib bermoqda

DW'ning yozishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy hamkorlik avvalroq o‘ylanganidan ancha chuqurroq bo‘lib chiqdi.

"The Insider", "Der Spiegel" va "Le Monde" jurnalistlari Moskva va Pekin o‘rtasidagi maxfiy muzokaralarga oid hujjatlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga kelishmoqda.

Surishtiruvga ko‘ra, Xitoy Rossiyaga sun’iy intellekt, uchuvchi o‘q-dorilar, shuningdek, havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari sohasidagi texnologiyalarni taklif qilgan. Buning evaziga Moskva ushbu ishlanmalarni Ukrainadagi urush sharoitida sinovdan o‘tkazishi va natijalarni Pekinga topshirishi kerak edi.

Hujjatlar, shuningdek, "Starlink" sun’iy yo‘ldosh tizimiga qarshi kurashishda hamkorlik qilinayotganidan dalolat beradi. Muhokama qilingan choralar qatorida diplomatik bosim, orbital pozisiyalar uchun raqobat va hatto tarmoq infratuzilmasiga kiberhujumlar uyushtirish tilga olingan.

Bundan tashqari, tomonlar texnologiyalar va butlovchi qismlar almashinuvini muhokama qilishgan: Xitoy mikrosxemalar va elektronika yetkazib berishi, Rossiya esa xomashyo hamda G‘arb sanksiyalari tufayli Pekin uchun chekklangan taqchil komponentlarni taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

"Xitoy bu Yevropaning xavfsizlik sohasidagi manfaatlarining eng muhim nuqtasiga daxl qilishini tushunishi kerak", — deb bayonot berdi Germaniya TIV rahbari Yoxann Vadeful va Pekin tomonidan Rossiya qurolli kuchlariga keng ko‘lamli yordam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar "o‘ta xavotirli" ekanini ham qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 12:12 10.07.2026. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!