2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonga meva va sabzavot yetkazib berishda Xitoy yetakchiga aylandi. Hisobot davrida Xitoydan import 39 foizga oshib, 181,7 mln dollarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistondan yetkazib berish 12 foizga kamayib, 128,6 mln dollarga tushgan. Natijada Xitoy Qozog‘iston bozorida asosiy yetkazib beruvchi sifatida O‘zbekiston o‘rnini egalladi.
Eksport hajmining oshishi Xitoydan kartoshka va uzum importining keskin ko‘payishi bilan izohlanmoqda. Xitoy va O‘zbekiston ulushi Qozog‘istonga kirib kelayotgan barcha meva-sabzavot importining qariyb 55 foizini tashkil etadi.