Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy odamlarni emlashga chaqirmoqda

A A A
Xitoy odamlarni emlashga chaqirmoqda

Qish mavsumida nafas yo‘li xastaliklari kuchayishi asnosida, Xitoy Kasalliklar nazorati va oldini olish markazi grippga qarshi emlanish zarurligini eslatdi.

“Sinxua” agentligi xabar berirshicha, mutaxassislar vaksinasiya virus yuqishi, bemor ahvoli yomonlashishining oldini olishini, ushbu kasallik tufayli o‘lim xavfini kamaytirishda samarali usul ekanini ta’kidlamoqda. Qolaversa, emlash tibbiyot muassasalariga axoli murojaatini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Emlanishning maqbul vaqtiga oid ayrim xavotirlarga javoban, markaz aniqlik kiritdiki, eng qulay davr kasallanish avj olgan payt. Binobarin, boshqa vaqt ham virusga qarshi emlash mumkin.

Gripp virusi keltirib chiqaradigan yuqumli o‘tkir respirator kasallik – ORZ aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayrim populyasiya, jumladan, chaqaloq, yosh bola, keksa va homilador ayol, shuningdek surunkali kasallikka chalingan bemorda infeksiyaning og‘ir alomati rivojlanishi xavfi yuqori. Markaz xulosasiga ko‘ra, gripp tarqalishi maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va qariyalar uylarida, odamlar gavjum joylarda ko‘p kuzatilyapti.

Kiritildi: 12:00 06.12.2023. O'qildi: 1551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!