Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy NATO deklarasiyasiga javob berdi: Xitoy urushning hech bir tomoniga qurol yetkazib bermaydi

Xitoy NATO deklarasiyasiga javob berdi: Xitoy urushning hech bir tomoniga qurol yetkazib bermaydi

Xitoy Rossiya-Ukraina mojarosining hech bir tomoniga qurol bermayapti. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Tszyan NATO sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Vashington deklarasiyasining tegishli bandini sharhlar ekan, ma’lum qildi.

«Biz tinch muzokaralar va siyosiy kelishuv tarafdorimiz. <...> Biz hech qachon mojaro ishtirokchilaridan birortasiga halokatli qurollar bermaymiz va ikki tomonlama maqsadli tovarlar, jumladan, fuqarolik uchuvchisiz samolyotlar ustidan qat’iy eksport nazoratini amalga oshiramiz», — deya ta’kidladi Lin Jian.

NATO deklarasiyasida Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi harbiy harakatlarining asosiy homiysi sifatida ko‘rsatilgan. Alyans Pekinni Rossiya harbiy mashinasiga moddiy va siyosiy yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:33 11.07.2024. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!