Xitoy Eronga razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatdi.
Xitoy Eronga avval taqdim etib kelgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berishni to‘xtatgani xabar qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar Eronga Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy kemalari va tijoriy kemalar harakatini kuzatish hamda nishonlarni aniqlashda yordam bergan.
📡 Manbalarning ta’kidlashicha, Pekin bu qarorni mintaqadagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashib qolishni istamagani bilan izohlagan.
⛽️ Shu bilan birga, Xitoy Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik va urush fonida Eron neftini xarid qilish hajmini ham qisqartirgan. Bu qaror Pekinning iqtisodiy va logistik xavflarni kamaytirishga intilishi bilan bog‘lanmoqda.
👉 Qisqasi, Xitoy Eron bilan munosabatlarda bir qadam ortga chekinib, o‘z iqtisodiy manfaatlarini xavf ostiga qo‘ymaslikni tanlamoqda.