Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etadi

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etadi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov China Xiaou Group kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralarda Farg‘ona viloyati hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investisiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolangan.

China Xiaou Group rahbari Xuan Xe bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida ushbu loyihaning dastlabki bosqichida 50 mln dollar investisiya hisobiga yig‘ish, bo‘yash, sozlash liniyalarini yo‘lga qo‘yib, yiliga 60 mingta gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari ishlab chiqarilishi belgilandi.

Ikkinchi bosqichda 350 mln dollar va uchinchi bosqichda 1,1 mlrd dollar investisiya yo‘naltirilib, butlovchi qismlarning ko‘pi mahalliylashtirilishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning soni 110 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 5 yil davomida to‘la yakunlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:46 19.06.2024. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!