Xitoy Szyusyuan kosmodromidan boshqariladigan «Shenchjou-19» kosmik kemasini uchirdi.
«Shenchjou-19» uchta taykonavt bilan stansiyada 2025 yil aprel oyi oxiri yoki may oyining boshigacha qoladi.
Orbitada «Shenchjou-19» ekipaji “Tyanchjou-8” yuk kosmik kemasining stansiyaga tutashuvini kuzatadi va «Shenchjou-20» boshqariladigan kosmik kemasi ekipajini kutib oladi.
Ekipaj 4 noyabr kuni Yerga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy kosmik fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli Milliy dasturni taklif qilgan. Unda mamlakatning 2024-2050 yillarga mo‘ljallangan koinotga parvozi va tadqiqot rejasi aniqlanadi.