Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy klubi raqiblarini la’natlagani uchun jarimaga tortildi

Xitoy klubi raqiblarini la’natlagani uchun jarimaga tortildi

Xitoy professional futbol ligasi "Chanchun Sidu" klubini raqiblarning kiyinish xonasiga la’natlar yozilgan yozuvlar uchun 30 000 yuan (4 100 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Qoidabuzarlik uchun qattiq ogohlantirish ham berildi. Bu haqda OAV tashkilot matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

"O‘yindan oldin "Chanchun Sidu" futbol klubi xodimlari mehmon jamoaning kiyinish xonasiga feodal davrga oid bir qancha xurofotli buyumlarni joylashtirgan va bu salbiy oqibatlarga olib kelgan", – deyiladi xabarda.

28 iyun kuni "Chanchun Sidu" klubi o‘z maydonida "Shansi Chunde Junxay"ni qabul qildi. Mehmonlar kiyinish xonasidan "Shansi Chunde Junxay" jamoasiga mag‘lubiyat bitilgan" degan yozuvli sariq qog‘oz parchalarini topishdi. Ikkinchi liga jamoasi "Chanchun" o‘sha bahsda mehmonlarni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 10:31 05.07.2025. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!