Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy kemalari Yaponiyaning hududiy suvlariga kirgan — Bloomberg

Xitoy kemalari Yaponiyaning hududiy suvlariga kirgan — Bloomberg

Pekin kemalar “huquqlarni ta’minlash uchun patrul xizmatini” olib borganini bildirdi va bu harakatni “qonuniy” deb atadi.

Bloomberg'ning qayd etishicha, Pekin va Toki o‘rtasida munosabatlarning taranglashishi fonida Xitoy o‘z fuqarolaridan Yaponiyaga bormaslikni so‘ragan, ushbu mamlakatda bo‘lib turgan xitoyliklarni esa ehtiyot bo‘lish zarurligi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi Tayvan bo‘g‘ozida sodir bo‘ladigan harbiy harakatlarni "Yaponiyaga tahdid soluvchi xavf" deb atagan edi. Xitoy TIV esa bunga javoban "Agar Yaponiya Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatga harbiy yo‘l bilan aralashsa, Xitoy bunga qat’iy javob beradi", deya javob qaytargandi.

Kiritildi: 15:03 16.11.2025. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!