Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasidagi Lyuchun daryosida ikkita qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 70 ga yaqin odam suvga tushib ketdi.
Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa tushki payt Syansi shahri tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 19:00 ga kelib qutqaruvchilar 50 dan ortiq odamni suvdan olib chiqib ketishdi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.