Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy investisiyasi ishtirokida Namanganda korxona quriladi

Xitoy investisiyasi ishtirokida Namanganda korxona quriladi

Xitoyning taniqli sanoat sub’ektlaridan biri Namangan viloyatida katta o‘lchamdagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ana shunday taklif bilan Xitoy Xalq Respublikasining “Xingjiang Juansheng Construction Engineering Co.,Ltd” kompaniyasi direktori Je Xin Yuan boshchiligidagi delegasiya Namanganga keldi.

Mehmonlarni Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov bilan o‘tkazgan o‘zaro muloqotida Chust tumanida sakkiz gektar yer maydonida katta o‘lchamdagi temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda, shu jumladan, Namangan viloyatida keng ko‘lamdagi qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu jarayonlarda katta o‘lchamdagi temir-beton mahsulotlariga ehtiyoj kuchaygan.

Xitoylik investorlar tashrif mobaynida belgilangan manzilga chiqib, rejalashtirilayotgan loyihani hayotga tatbiq etish borasida mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Kiritildi: 09:01 04.12.2024. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!