"Paxtakor" raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev klubni moliyalashtirishdan foyda ko‘rmasligini aytdi.
"Paxtakor" umuman moliyaviy jihatdan foyda keltirmaydi. Kimdir, shaharimizning bosh jamoasini moliyalashtirishi kerakku. Bizni yoshligimiz bu jamoa bilan o‘tgan. Imkonimiz borligida yordam beryapmiz. Dunyo bo‘yicha 10-15 davlatda futboldan foyda kelsa kerak. Qolganlarida yo‘q. O‘zbekistonda futbol foyda keltirishiga ishonmayman", - dedi Ortiqxo‘jayev.