Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 2-6 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5 dekabrda asosan qori yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kechalari -3 daraja sovuq +2 daraja iliq, kunduz kunlari +5...+10 daraja iliq, shimolda kechalari -3...-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mukin.

Poytaxtda 2-6 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari -1 daraja sovuq +1 daraja iliq, kunduz kunlari +6...+9o daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 10:58. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!