Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Polisiya xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligidan kuniga 160 kishini tark etishmoqda. Rossiya Ichki ishlar vazirligida har oy kamida 3 ming kishi polisiyani tark etadi, kadrlar yetishmasligi deyarli 20% ni tashkil etadi, dedi iste’fodagi polisiya general-mayori, tashqi va mudofaa siyosati kengashi a’zosi Vladimir Vorojsov.

«Ichki ishlar vazirligidan har oyda 3 mingdan 5 minggacha xodim xizmatdan ketmoqda. Bu esa aslida butun bir viloyat boshqarmasining tarkibiga teng. Ketganlarning o‘rni qisman to‘ldiriladi, yangi odamlar keladi, lekin shuni tushunish kerakki, ketayotganlar - tajribali, bilimdon, ma’lumotli va malakali mutaxassislar, kelayotganlar esa ko‘pincha eng sara kadrlar emas,» - dedi Vorojtsov.

Uning aytishicha, Rossiyada shunday hududlar borki, u yerda uchastka polisiya inspektorlari lavozimlarining 90 foizigacha bo‘sh, va bitta xodim to‘qqizta xodim o‘rniga ishlashga majbur bo‘lmoqda. Polisiya generali buning sababi sifatida moddiy ta’minotning yetarli emasligini ko‘rsatdi.

«Bu xodimlarni moddiy va pul bilan ta’minlashda aniq kechikishdir. Ichki ishlar organlari xodimlari juda kam maosh olishlari aniq», - dedi u.

O‘tgan hafta vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk bu muammoni e’lon qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarida kadrlar yetishmovchiligi 173 mingdan ortiq kishini, ya’ni xodimlarning deyarli 19 foizini tashkil qilgan.

Kiritildi: 22:24 04.12.2024. O'qildi: 4076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!