"Paxtakor" klubi raisi jamoa ichidagi fitna, klub qachon foyda keltirishi haqidagi savollarga javob berdi.
- Nega ketma ket ikki yil davomida "Paxtakor"da "sabotaj" (finta) bo‘lmoqda?
- Ko‘p futbolchilarimiz chempionlikdan to‘yishgan. Ular faqat keyingi yilga shartnoma olishni xohlashadi. Biz esa shartnomani uzaytirishni istamadik, shu bois ular o‘yinni tashlab yuborishdi. Ahamiyat bergan bo‘lsangi,z o‘tgan yil yoshi kattalarni tribunaga o‘tkazib qo‘ydim va Diyor Xolmatovni sardor qildim. Bu yil ham Shaskixga biroz dam berdik va o‘zlariga qo‘yib berdik. Ammo ular ham eplay olishmadi. "Paxtakor"da o‘ynash nafaqat oylik olish, balki sharaf hisoblanadi. Faqat moliyaviy tomonlarini o‘ylamaslik kerak.
- Siz tadbirkorsiz, nima deb o‘ylaysiz "Paxtakor" necha yilda foyda keltiradi?
- Menimcha, dunyoda faqat 10-15 ta klub foyda keltirsa kerak. "Paxtakor"ga foyda keltirishi uchun emas, yoshlikdan shu klubga muxlis bo‘lganimiz uchun yordam beryapmiz. Kimdir qilishi kerak-ku baribir. O‘zbekistonda futboldan daromad kelishiga men ishonmayman.