Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainadagi aholi punktlari egallab olingani va aerodromlar vayron qilinganini e’lon qildi

A A A
Rossiya Ukrainadagi aholi punktlari egallab olingani va aerodromlar vayron qilinganini e’lon qildi

Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Romanovka qishlog‘i va Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi Novodarovka qishlog‘ini egallab oldi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari bir kunda Ukraina Qurolli kuchlarining 40 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan, shuningdek, harbiy aerodromlar infratuzilmasiga zarba bergan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor-taktik aviasiya, zarba beruvchi dronlar, raketa qo‘shinlari va Rossiya qo‘shinlari guruhlarining artilleriyasi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari faoliyatini ta’minlovchi energetika ob’ektlari, harbiy aerodromlar infratuzilmasi, shuningdek, 142 ta tumandagi kuch va harbiy texnika jamlanmalariga zarba bergan.

Kiritildi: 21:00 04.12.2024. O'qildi: 4124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!