Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy investisiyasi asosida sanoat loyihalari rejalashtirilmoqda

Xitoy investisiyasi asosida sanoat loyihalari rejalashtirilmoqda

Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Toshkent viloyati hokimining sanoat-ishlab chiqarish bo‘yicha yordamchisi Daniyar Madirimov boshchiligidagi delegasiya yirik biznes vakillari, ishbilarmonlar bilan bir qator uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.

Dastlab viloyat vakillari Sichuan provinsiyasida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi. Unda aqlli shahar va turli xildagi kuzatuv kameralarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ijtimoiy ob’ektlarda ketring xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Shuningdek, Tyanszin, Shenjen, Pekin, Guandjou provinsiyalarida ham bo‘lib, yuqori texnologiyali qurilish materiallari, uch qatlamli issiqlik saqlovchi va ovoz o‘tkazmaydigan panel plitalar va ko‘p qavatli binolarning oynali fasad qismlarini ishlab chiqarish borasida investorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida Toshkent viloyatida 1GVt quvvatdagi sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi foto elektrostansiyani qurish loyihasi ham muhokama qilindi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, 1,2 milliard dollar xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 06:22 16.04.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!