Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu klubi yangi yulduz uchun 100 mln yevro tayyorladi

Ronaldu klubi yangi yulduz uchun 100 mln yevro tayyorladi

Matbuot xabariga ko‘ra, "An-Nasr" Krishtianu Ronalduga tarkibni jiddiy kuchaytirishni va’da qilgan. Klub Yevropa futboli yulduzlarini jalb qilish uchun keng moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishni davom ettirish niyatida.

Okaz nashrining jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, "An-Nasr" "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni nishonga olgan. Transfer summasi 100 million yevroni tashkil etishi mumkin. Bunday summaga "qizillar" 28 yoshli kolumbiyalikni sotishga tayyor.

Avvalroq matbuot Luis Diasni "Barselona" bilan bog‘lagandi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar kolumbiyalik futbolchining qimmatligini hisobga olib, uni o‘z safiga qo‘shib olishi qiyin bo‘ladi.

Kiritildi: 23:52 28.06.2025. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!