Hormuz bo‘g‘ozi va uning atrofidagi suvlar tovarlar va energiya resurslarini tashish uchun muhim xalqaro savdo yo‘llari hisoblanadi va Xitoy tegishli tomonlarni harbiy operasiyalarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.
Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomonlarni mojaroning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi va tinchlikni faol ravishda targ‘ib qilish va urushning oldini olishda, shuningdek, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun muammoni muloqot va muzokaralar orqali hal qilishda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Avvalroq Eron ommaviy axborot vositalari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozini kemalar uchun yopib qo‘ygani va AQSh va Isroilning hujumlari tufayli neft va gaz tashish uchun bu muhim arteriyani xavfli deb e’lon qilgani haqida xabar berishgan edi.