Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Hindistonda Tibetning diniy yetakchisi Dalay-Lama XIV bilan uchrashganidan so‘ng Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan aloqalarni uzdi

Xitoy Hindistonda Tibetning diniy yetakchisi Dalay-Lama XIV bilan uchrashganidan so‘ng Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan aloqalarni uzdi

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lin Szyan ma’lum qildi.

"Xitoyning bir necha bor bildirgan noroziliklariga va qat’iy e’tirozlariga qaramay, Chexiya prezidenti Petr Pavel Dalay-Lama bilan uchrashish uchun Hindistonga bordi. Bu Chexiya hukumati Xitoy hukumatiga nisbatan olgan siyosiy majburiyatlariga zid va Xitoyning suvereniteti, hududiy yaxlitligiga zarar yetkazadi", —dedi Szyan.

Xitoy TIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, Pekin bunday uchrashuvlarni qat’iyan qoralaydi, bunga qarshi chiqadi hamda Chexiya tomoniga norozilik bildiradi.

Kiritildi: 14:50 13.08.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!