13 avgust kuni Xitoy harbiylari Amerikaning USS Higgins harbiy kemasini bahsli Xuan’yan oroli (Skarboro rifi) yaqinida siqib chiqardi. Bu haqda Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi janubiy zonasi jangovar qo‘mondonligi xabar bermoqda.
"AQShning USS Higgins esminesi Xitoy hukumatining ruxsatisiz Xuan’yan oroli yaqinidagi Xitoy hududiy suvlariga noqonuniy bostirib kirdi", — deyiladi xabarda.
Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Pentagonning harakatlarini Xitoy suvereniteti va xavfsizligini buzish deb atadi.
2022 yilning noyabrida Xitoy AQShni Janubiy Xitoy dengizini harbiylashtirishga intilayotganlikda aybladi. O‘shanda Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi AQShning USS Chancelosville raketa kreyseri Nansha orollari (Spratli) suvlariga Xitoy ruxsatisiz kirib kelganini shu tarzda izohlagan edi.
O‘sha paytda Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi janubiy zonasi jangovar qo‘mondonligining matbuot kotibi bo‘lgan Tyan Junli Xitoy "Janubiy Xitoy dengizidagi orollar va ularga tutash suvlar ustidan shubhasiz suverenitetga ega" va Janubiy Xitoy dengizidagi barqarorlikni himoya qilayotganini eslatdi.