Xitoy hukumati Gilberto Teodoroga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vazirning Xitoy haqidagi “noto‘g‘ri va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bayonotlari” Pekinning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazgan hamda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Sanksiyalarga muvofiq, Gilberto Teodoro va uning oila a’zolari — rafiqasi hamda farzandlarining Xitoy hududiga kirishi taqiqlandi. Shuningdek, Xitoy tashkilotlari va fuqarolariga ular bilan har qanday hamkorlik, tijoriy bitim yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish man etildi.
So‘nggi yillarda Filippin va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar asosan Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahslar tufayli keskinlashib bormoqda.
Pekin mazkur dengiz hududining katta qismiga da’vo qilmoqda. Bu da’volar Filippindan tashqari Vyetnam, Malayziya, Bruney va Tayvanning manfaatlari bilan ham to‘qnash kelmoqda.
Iyun oyi boshida Pekin Gilberto Teodoroning “Filippin Xitoy tomonidan ham hududiy, ham siyosiy jihatdan jiddiy tahdid ostida qolmoqda” degan bayonotini keskin tanqid qilgan edi. Xitoy tomoni mazkur fikrlarni asossiz va provokasion deb baholagan.