Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy dunyodagi eng yirik kemasozlik korporasiyasini tashkil etmoqda — The Wall Street Journal

Xitoy dunyodagi eng yirik kemasozlik korporasiyasini tashkil etmoqda — The Wall Street Journal

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, davlatga qarashli China State Shipbuilding Corporation (CSSC) aksiyalar orqali qo‘shilish yo‘li bilan China Shipbuilding Industry Corporation'ni (CSIC) o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi birlashgan kompaniya dunyodagi kemasozlik quvvatlarining qariyb 20 foizini nazorat qiladi. Yangi gigantning aktivlari hajmi va bozor qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda.

Ilgari bu kompaniyalar bitta tuzilma bo‘lgan, ammo 1999 yilda Pekin raqobatni rivojlantirish maqsadida ularni ajratgan edi. CSIC asosan tijoriy kemasozlik bilan shug‘ullanadi, shuningdek, uning harbiy-dengiz bo‘linmasi ham bor. Masalan, aynan CSIC Xitoyning birinchi aviatashuvchi kemasi, “Shandun”ni qurgan.

The Wall Street Journal'ning yozishicha, ikki kemasozlik kompaniyalarini qo‘shish orqali Pekin sohada samaradorlikni oshirish va tarmoqqa bo‘ladigan zarbalarga nisbatan barqarorlikni kuchaytirishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 14:04 13.08.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!