Bloomberg'ning yozishicha, AQShdagi o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi Learning Resources kompaniyasi ishlab chiqarishni Xitoydan olib chiqishga harakat qilar ekan, kutilmagan muammoga duch kelmoqda: zavodni Xitoydan ko‘chirish mumkin, ammo ishlab chiqarish zanjirlaridan Xitoyni chiqarib tashlash ancha murakkab ekan.
🇻🇳 Vyetnam hozir Xitoyga eng real va qulay alternativ sifatida ko‘rilmoqda. Albatta, AQSh Vyetnamda ishlab chiqarilgan tovarlarga 20% boj qo‘ygan, lekin bu Xitoydan keladigan mahsulotlarga qo‘llaniladigan o‘rtacha 31% bojdan past. Ishlab chiqarishni Xitoydan ko‘chirish mumkin, lekin ishlab chiqarish jarayonidan Xitoy ta’sirini butunlay olib tashlash ancha qiyin.
📊Bugun Vyetnam jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish markazi: o‘tgan yili eksport hajmi 405 mlrd dollarga yetdi, shu jumladan taxminan 30% AQShga yo‘naltirilgan. Mamlakat AQSh bilan savdo profisiti bo‘yicha Xitoy va Meksikadan keyin uchinchi o‘rinda, yil davomida kiritilgan 25 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyaning qariyb uchdan biri xitoylik investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
📉Vyetnamdagi o‘yinchoq fabrikasi Xitoydagi o‘xshash korxonalarga nisbatan taxminan uchdan birga ko‘p ishchi ishlatadi, ammo bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan hajm 40% past. Buning sababi, Xitoydagi zavodlar avtomatlashtirishga ancha vaqtdan beri katta sarmoya kiritgan va tajribali kadrlar bazasiga ega. Umumiy hisobda, Vyetnamda ishlab chiqarish xarajatlari Xitoyga nisbatan 10–15% yuqori.