Xitoy xalqaro hamjamiyatni, shuningdek, arab va islom davlatlarini Isroil-Falastin mojarosiga chek qo‘yish va G‘azo sektorida gumanitar inqirozning oldini olishga chaqirdi.
Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekindagi "Dyaoyutay" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Arab davlatlari ligasi (LAS) tashqi ishlar bo‘limlari rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Xalqaro hamjamiyat zudlik bilan harakat qilib, G‘azoda gumanitar falokat davom etmasligi uchun samarali va ishonchli choralar ko‘rishi kerak”, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Van Yining ta’kidlashicha, G‘azoda bir oydan ortiq davom etayotgan mojaro o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan, uylarning 60 foizi vayron bo‘lgan, aholining 70 foizi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
"G‘azodagi vaziyat butun dunyo bo‘ylab odamlarning qalbini og‘ritib, vijdonini bezovta qilmoqda", - dedi u.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Xitoy Falastin masalasida “adolat tarafida” va mojaro boshlanganidan beri keskinlikni kamaytirish, tinch aholini himoya qilish va gumanitar yordamni ko‘paytirishga harakat qilgan.