Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy AQShni Milliy vaqt xizmati markaziga (NTSC) kiberhujum uyushtirishda aybladi — Xinhua

 Xitoy AQShni Milliy vaqt xizmati markaziga (NTSC) kiberhujum uyushtirishda aybladi — Xinhua


"Xitoy Milliy vaqt xizmati markazi mamlakatning Sian shahrida joylashgan bo‘lib, u Pekin vaqtini belgilash, saqlash va uzatish uchun mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, u aloqa, moliya, elektr energetikasi, transport, geodeziya va kartografiya, milliy mudofaa kabi sohalarda vaqt sinxronizasiyasi xizmatlarini ko‘rsatadi hamda xalqaro vaqt zonalarini hisoblash uchun ma’lumotlar taqdim etadi", deb qayd etadi agentlik.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kiberhujum natijasida infratuzilmaning ishdan chiqishi “Pekin vaqti”ning xavfsiz va barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, aloqa tarmoqlarida uzilishlar, moliyaviy tizimdagi nosozliklar, elektr ta’minotidagi uzilishlar, transport falokatlari, kosmik apparatlarning uchirilishida muammolar yuzaga kelishi va hatto xalqaro vaqt tizimida tartibsizlik keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 11:10 20.10.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!