Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShni ATACMS uchun qoraladi

Xitoy AQShni ATACMS uchun qoraladi

Xitoyning AQShdagi elchixonasi Pekinning prezident Jo Baydenning Rossiya agressiyasini qaytarish uchun Ukrainaga yetkazib beriladigan uzoq masofali qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish qaroridan noroziligini bildirdi. Xabar berganimizdek, Bayden Rossiya hududiga zarbalar berish uchun ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi.

Xitoy elchixonasi Pekin Rossiya Federasiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlashini va keskinlikning kuchayishiga olib keladigan har qanday harakatlarga qarshi ekanligini bildirdi. Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, olovga yog‘ quymaslik, qarama-qarshilik darajasini pasaytirish yo‘llarini izlash kerak.

Bayden ATACMS bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgandan so‘ng, Buyuk Britaniya va Fransiya xuddi shunday qilishdi va Ukrainaga Storm Shadow va SCALP raketalaridan foydlanishga ruxsat berdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Fransiya TIV Kiyevga Rossiya hududiga zarba berish uchun SCALP raketalaridan foydalanishga ruxsat berilgani haqidagi OAV xabarlarini rad etdi, biroq bunday imkoniyat ko‘rib chiqilayotganini malum qilgan.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!